14:13 / 15.10.2016
5 254

«Tashkent Urbaniya» festivali 15-bor o‘tkaziladi

«Tashkent Urbaniya» festivali 15-bor o‘tkaziladi

Dam olish kunlari poytaxtda «Tashkent Urbaniya 2016» yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi.
15 va 16 oktyabr kunlari Toshkentda an’anaviy «Tashkent Urbaniya 2016» yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi, deya xabar qildi «Turkiston-press» NAA, tadbir Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, «Kamolot» harakati, «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi va O‘zbekiston Ekstremal va tog‘ turizmi federasiyasi hamkorligida o‘tkaziladi.

«Bolalar san’at va ijod markazi» bog‘i (sobiq Ekopark)da o‘tkaziluvchi festivalda sportning ekstremal shahar turlari bo‘yicha professional va ishqiboz ishqibozlari jam bo‘ladi. Festival shiori: «Yoshlar — sog‘lom turmush tarzi uchun».

Tadbir Ekstremal va tog‘ turizmi federasiyasi qoshida tashkil etiladigan sportning shahar turlari bo‘yicha to‘garaklarga bolalar va o‘smirlarni jalb etishga qaratilgan.

«Bu yil 200 kishining chiqish qilishini kutayapmiz, — dedi federasiya rahbari Leonid Kozlovskiy. — Joriy yilda festival 15-bor o‘tkazilmoqda. Avvaliga u „Ekstrim narkotiklarga qarshi“ edi… Bu erda har kim o‘z iqtidorini namoyish etishi mumkin».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Tashkent Urbaniya» festivali 15-bor o‘tkaziladi