Foto: Getty Images
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta tez orada futbol o‘yinlari formati o‘zgarib, davomiyligi qisqarishi mumkin.
“Yaqin kelajakda qisqaroq futbol o‘yinlari ko‘rishimiz mumkin. Biz allaqachon Chempionlar Ligasining o‘zgartirilgan formatiga o‘rgandik. Shunday ekan, bu ham amalga oshishi mumkin”, deya Artetaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda.
Avvalroq OAVda FIFA va Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi (IFAB) “toza o‘yin vaqti” formatiga o‘tib, o‘yinlar vaqtini 60 daqiqagacha qisqartirish variantini ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.
Mikel Arteta “Arsenal” klubini 2019 yildan beri boshqarib kelmoqda. Joriy mavsumda “Arsenal” klubi 16 turdan so‘ng 30 ochko to‘plab 3-o‘rinni egallab turibdi. Kecha, 14 dekabr kuni jamoa APL doirasida “Everton”ga qarshi maydonga tushib durang natija qayd etdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Saida Mirziyoyeva UNICEF'ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi
Donald Tramp «Yil odami» deb e’lon qilindi
Turkiya 16 yoshgacha bolalarga ijtimoiy tarmoqlar va onlayn-o‘yinlarni taqiqlamoqchi
UFC turnirining 2024 yildagi so‘nggi prelim kardidagi janglar yakunlandi
Tramp Si Szinpinni o‘zining inauguratsiyasiga taklif qildi