Yaqinda FIFA Rossiya klublarining bir nechtasiga transfer ta’qiqlarini qo‘ygan edi. Xususan, Abbosbek Fayzullayev o‘ynayotgan SSKAning oldindagi uchta transfer oynasida yangi o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib olishi cheklangandi.
FIFA tomonidan SSKAga ta’qiq qo‘yilgan sana Abbosbek Fayzullayev uchun Fransiyaning “Monako” jamoasi 15 million yevro to‘lashga tayyor ekani va Ispaniyaning “Real Sosedad” jamoasi legionerimizni olish maqsadida kurashga qo‘shilgani haqidagi ma’lumotlar chiqqan vaqtga to‘g‘ri keldi.
Buni inobatga olgan muxlislarning aksariyati FIFA ta’qiqi Fayzullayevning transferiga ham ta’sir qilishi mumkin, degan xavotirga tushib qoldi.
Keyinchalik soha mutaxassislari xalqaro tashkilot ta’qiqi faqat yangi o‘yinchilarni transfer qilish va ularni musobaqalarga ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha amal qilishi va chiqish transferlariga daxli yo‘qligini ta’kidlab, vaziyatga oydinlik kiritdi.
Endi bir necha manbalar FIFA tez orada, ya’ni 2024 yil oxirigacha SSKAdan bu cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha qaror chiqarishini ma’lum qildi.
Gap shundaki, Moskva klubiga transfer ta’qiqi qo‘yilishiga SSKAning “Xerenven” jamoasi oldida qarzdorlik vujudga kelgani sabab bo‘lgandi. “Armiyachilar” Niderlandiya klubidan Chidera Edjukini transfer qilgan va to‘lovning umumiy summasidan 3,1 million yevroni o‘tkazishga ulgurmagan.
Bunga Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qurolli mojaro oqibatida Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar sabab bo‘lgan. SSKA Niderlandiya klubi hisob raqamiga pul o‘tkazib berish yo‘lini topa olmagan.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Xerenven” klubi rahbariyati Niderlandiya hukumati bilan SSKAdan pul tushirish sxemasini muvofiqlashtirib oladigan bo‘ldi. Bu masalaga yechim topilishi bilan SSKA 3,1 million yevro miqdordagi qarzini to‘laydi va qarzdorlik yopilishi bilan FIFA o‘z ta’qiqini avtomat ravishda bekor qiladi.
SSKA rahbariyati qarzdorlik masalasi imkon qadar tezroq hal etilishiga umid qilyapti. Chunki “armiyachilar” qishki transferlar davrida tarkibni kuchaytirish bo‘yicha ish olib borishni rejalashtirgan edi.
Rossiya Premer-ligasida qishki transferlar oynasi 2025 yilning 23 yanvaridan 21 fevraligacha davom etishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev SSKA safida 2023 yilning avgustidan beri o‘ynab kelmoqda. Uning transferi “Paxtakor”ga 500 ming yevro olib kelgan.
Bugungi kunda 21 yoshli legionerimizning transfer summasi 8 million yevroga baholanmoqda va Abbosbek SSKAning eng qimmatbaho uch o‘yinchisidan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, Fayzullayev Markaziy Osiyoning eng qimmat ikkinchi futbolchisidan biridir. Mintaqada faqatgina “Lans” himoyachisi Abduqodir Husanov (12 million yevro) undan qimmat baholangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Isroil Eron yadroviy obyektlariga zarba berishga tayyorlanmoqda
Boks. Osiyo chempionatidagi oltin medallarimizdan biri nega olib qo‘yildi?
Yapon olimlari: Tishlarni uchinchi marta ham o‘stirish mumkin
Namanganda aholi topshirgan qo‘lyozmalar orasidan Mahmud Zamaxshariyning noyob kitobi topildi