“Roma” Italiya kubogining nimchorak final uchrashuvida “Sampdoriya”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib keyingi bosqichga chiqqan edi. Ushbu bahsda Eldor Shomurodov 78-daqiqada maydonga tushib, bir daqiqadan keyin boshi bilan supergol urdi.
Endi rimliklar keyingi bosqichda mamlakatning eng qudratli klublaridan hisoblangan “Milan” bilan uy-safar tizimida ikkita bellashuvda kuch sinashadi.
“Roma” rasmiy sayti “Sampdoriya” bilan bo‘lgan uchrashuvida jahon futbolida kam kuzatiladigan tarixiy voqea yuz bergani haqida ma’lumot chiqardi.
Bu bahsda poytaxtliklar bosh murabbiyi Klaudio Raneri dunyoning beshta qit’asidan kelgan futbolchilarni bir tarkibga joyladi. Bunaqasi o‘ta noyob hodisa hisoblanadi.
Okeaniya
Raneri bu gal darvozani olis Avstraliyadan kelgan Metyu Rayanga ishonib topshirdi. Tajribali posbon rasmiy uchrashuvlarda “Roma” libosini kiygan ikkinchi avstraliyalik futbolchi bo‘ldi. Birinchisi esa Kristian Volpato hisoblanadi. Avstraliya terma jamoasining asosiy darvozaboni shu kuni “Roma”dagi rasmiy debyutini o‘tkazdi.
Afrika
Evan Ndika “bo‘rilar”ning himoya chizig‘idan muqim joy olib kelmoqda. Fransiyada katta bo‘lgan yigitning kelib chiqishi Afrikadan. Garchi yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarda Fransiya U-21 terma jamoasi sharafini himoya qilgan bo‘lsa-da, keyinchalik Kot'd Ivuar milliy terma jamoasini tanlab, yana afrikalikka aylanib oldi.
Janubiy Amerika
“Roma” amaldagi jahon futbolida yetakchilik qilayotgan Argentinaning uch futbolchisini o‘zida jamlagan. Paulo Dibala zahirada qolgan bo‘lsa-da, Leonardo Paredes ilk daqiqalardan to‘p tepib, g‘alabaga hissa qo‘shdi. Keyinroq Raneri maydonga Matias Suleni ham tushirdi.
Yevropa
Rim Yevropaning “yuragi” bo‘lganidan keyin ushbu jamoada “ko‘hna qit’a” vakillari ko‘p bo‘lishi tabiiy.
“Sampdoriya”ga qarshi uchrashuvda maydonda harakat qilgan Lorenso Pellegrini, Nikolo Pizilli, Tommazo Baldansi, Nikola Zalevski, Anjelino, Mario Ermoso, Enso Le Fe, Aleksis Salemakers, Samuel Dal va Artyom Dovbik aynan Yevropa qit’asining turli mamlakatlari futbolchilari hisoblanadi.
Osiyo
Agar Klaudio Raneri o‘yinning 78-daqiqasida Eldor Shomurodovni zahiradan maydonga tushirmaganida bu tarixiy voqea yuz bermas edi. Bungacha, italiyalik murabbiy Eldorni ketma-ket uchta bahsda zahiraga mixlab qo‘ygandi.
“Sampdoriya”ga qarshi to‘qnashuvda o‘zbek legioneri o‘yinga qo‘shilishi bilan uchrashuvda besh qit’a charm to‘p ustalari birlashdi.
Eldor Shomurodov esa, tarixiy voqeani boshi bilan kiritilgan supergol urgan holda nishonladi.
Shu tariqa, Klaudio Ranerining o‘zi jahon futbolidagi eng ko‘p millatli jamoalardan biriga ustozlik qilayotgan mutaxassisga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”