date
views 162

Aleksandr Mochinov "Neftchi" bosh murabbiyi etib tayinlandi

Aleksandr Mochinov "Neftchi" bosh murabbiyi etib tayinlandi
O‘zbekistonlik mutaxassis, muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan 48 yoshli Aleksandr Mochinov yana murabbiylik faoliyatiga qaytdi. U Qirg‘izistonning “Neftchi” (Qo‘chqor Ota) jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Aleksandr Mochinov “Oqtepa”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, “So‘g‘diyona”, O‘zbekiston U16, O‘zbekiston U19 terma jamoalari, “Krilya Sovetov” akademiyasida va shuningdek, Quvaytning “Qodisiya” U19 va “Al-Nasr” jamoalarida murabbiy bo‘lib ishlagan.

3 yildan so‘ng Aleksandr Mochinov yana faol ish jarayoniga qaytdi.

Qo‘chqor Otaning “Neftchi” jamoasi yakuniga yetgan mavsumda Qirg‘iziston chempionatida 10 ta jamoa orasida 5-o‘rinni band etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Mochinov "Neftchi" bosh murabbiyi etib tayinlandi