
Ayni kunlarda Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi Qatarda oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini olib bormoqda.
Eslatib oʻtamiz, yoshlarimiz Xitoyda boʻlib oʻtadigan U-20 Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoamiz Xitoyda boʻlib oʻtadigan musobaqaning «C» guruhidan joy olishgan. Ular guruh bosqichida, Eron, Yaman va Indoneziya termalariga qarshi bahs olib boradi.
Ma'lumot oʻrnida, mazkur musobaqa Chilida boʻlib oʻtadigan 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham oʻtaydi. Musobaqaning eng yaxshi 4 ta jamoasi 2025 yilgi yoshlar oʻrtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.
Saudiya Arabistoni U-20 — Oʻzbekiston U-20 1:2
Gollar: Saad Xaqavi (21), Muhammadali Oʻrinboyev (88, 90).
Oʻzbekiston: 1. Samandar Muratboyev, 2. Diyorbek Abdunazarov, 3. Saidxon Hamidov, 4. Muhammadali Zohidov (s), 5. Behruz Jumatov, 6. Muhammadali Reimov, 7. Ollobergan Karimov, 8. Murodali Usmonov, 9. Nurlan Ibraimov, 10. Murodjon Komilov, 11. Saidumarxon Saidnurullayev.
Zaxira: Sobirov, Murkayev, Ahmadjonov, Tuxsanov, Abdullayev, Hayrullayev, Oʻrinboyev, Fomin, Jumayev, Rizaqulov, Saidov, Toʻlqinbekov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar