
Xabaringiz bor, oxirgi kunlarda "Barselona" jamoasi Dani Olmo va Pau Viktorlarni 2-davraga roʻyxatdan oʻtkaza olmayotgan edi. Kecha tunda La Liga klubning bu borada bergan apellyatsiyasini rad etdi.
Endi Dani Olmo rasman erkin agentga aylandi. Agar futbolchi oʻzi xohlasa shu transfer oynasining oʻzida boshqa klubga tekinga oʻtib ketishi mumkin.
Kataloniyaliklar esa Olmo boshqa jamoaga ketish yoki ketmasligidan qat'i nazar unga 2030 yilgacha maoshini toʻlab borishga majburlar. Bundan tashqari, "koʻk-anorranglilar" futbolchining transferi uchun Germaniyaning "Leyptsig" klubiga yana 48 million evroni ham toʻlab berishlari shart. Bu esa klubning 2025 yilgi moliyaviy hisobotlariga jiddiy zarar etkazadi.

Ayni paytda Olmoning erkin agentga aylanganidan muammolar girdobiga kirib qolgan Manchester shahrining ikki jamoasi foydalanib qolmoqchi. Ammo, 26 yoshli hujumkor yarim himoyachi boshqa klubga oʻtib ketadimi yoki "Barselona"ni kamida yozgacha kutadimi, buni vaqt koʻrsatadi.
Barselona OlmoDani OlmoErkin AgentTransfer OynasiKataloniyaliklar MaoshLeyptsig Transferi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing