
Jahon futbolida ortda qolgan 2024 yilning eng koʻp gol urgan futbolchisi ma'lum boʻldi. Yodingizda boʻlsa, 2023 yilning eng koʻp gol urgan oʻyinchisi 54 ta gol bilan Krishtianu Ronaldu boʻlgan edi.
2024 yilda esa "Sporting" va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Viktor Gyokeresh 62 ta gol bilan eng zoʻri boʻldi. "Sporting" Viktorga 62 raqami tushirilgan maxsus libosni topshirdi.

2024 yilda eng koʻp gol urgan futbolchilar:
1. Viktor Gyokeresh, Shvetsiya - 62 ta gol
2. Erling Xoland, Norvegiya - 49 ta
3. Xarri Keyn, Angliya - 46 ta
4. Krishtianu Ronaldu, Portugaliya - 43 ta
5. Vu Ley, Xitoy - 42 ta
6. Robert Levandovski, Polsha - 42 ta
7. Jonatan Devid, Kanada - 40 ta
8. Rafaelson, Braziliya/Xitoy - 40 ta
9. El Kabi, Marokash - 40 ta
10. Kilian Mbappe, Frantsiya - 39 ta gol.

Oxirgi 16 yillikni oladigan boʻlsak, Ronaldu eng koʻp 5 marta yilni eng koʻp gol bilan yakunlagan. Undan keyin Lionel Messi 3 marta. Roʻyxatda ancha yillardan beri Osiyo futbolida toʻp tepib keladigan hujumchilar Bagʻdod Bounedja va Abdulrazzoq Hamdallah ham bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar