
Engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachevning menejeri Ali Abdel-Aziz UFC rahbari Dana Uaytning Jon Jons vazn toifasidan qat'i nazar, eng zoʻr jangchi ekani haqidagi soʻzlariga qarshi chiqdi.
“Islom oʻzining soʻnggi sakkiz raqibidan ettitasini muddatdan avval taslim qildi. Bu amerikalikka nisbatan hurmatsizlik emas. Toʻgʻri, Jons ajoyib yigit, ammo u kurasha olmaydigan Siril Gan va bobo deb hisoblash mumkin boʻlgan Stipe Miochichni magʻlub etdi. Shu bois Dananing gaplariga qoʻshilmayman” — deb menejerning soʻzlarini keltirmoqda "MMAJunkie".
Eslatib oʻtamiz, joriy yil 18 yanvar kuni Maxachev (26-1) "UFC 311" turnirida Arman Tsarukyan(22-3)ga qarshi jang qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar