
Oʻzbekiston terma jamoasi va "Lans" himoyachisi Abduqodir Husanov uchun kurashga "Real Madrid" jamoasi ham qoʻshildi.
"Qaymoqranglilar" markaziy himoyani kuchaytirish maqsadida bir necha variantlarni kuzatib bormoqda. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar berdi.
Ayni vaqtda Karlo Anchelotti jamoasi uchun mudofaada kuchli xislatlarga ega boʻlgan himoyachi juda ham muhim hisoblanadi. Shu sababli klub skautlari transfer bozorida klub uchun munosib futbolchini topishga harakat qilishmoqda.
Abduqodir Husanovning taxminiy transfer narxi 20 million yevroni tashkil etishi mumkin. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisiga PSJ ham xaridor sanaladi. Biroq asosiy raqobat "Real" va "Manchester Siti" oʻrtasida boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Abduqodir Husanovning ayni paytdagi transfer qiyimati 12 million yevroni tashkil qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar