Islom Maxachev Belal Muhammad bilan jang qiladimi?

Islom Maxachev Belal Muhammad bilan jang qiladimi?
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev (26-1) yarim oʻrta vazn toifasidagi kamar sohibi Belal Muhammad (24-3-1 N/C) bilan jang oʻtkazishi qiyin ekanini aytdi.

"Rostini aytsam, Belalning 77 kg vaznda chempionlikni qoʻlga kiritishi rejalarimni barbod qildi. Hozir u bilan yaqin doʻst boʻlib qoldik. Bundan tashqari, bizning menejerimiz ham bir”, – dedi Islom Maxachev "Mighty" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Islom Maxachev navbatdagi jangini 19 yanvar kuni "UFC 311" turnirida Arman Tsarukyanga qarshi oʻtkazadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar