5 908
Gvardiola Aguero va Kompani «Barselona»ga qarshi o‘yinda nega boshlang‘ich tarkibda tushmaganiga oydinlik kiritdi
«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Barselona»ga qarshi o‘yinning boshlang‘ich tarkibiga nega Serxio Aguero va Vensan Kompanini kiritmaganiga izoh berdi.
«Aguero va Kompani mening rejalarimda yo‘qmikan? Serxio va Vensan «Manchester Siti»ning kelajagining bir qismi.
Kompani o‘yinga tayyor emasdi. Agueroning yo‘qligi taktik qaror edi, biz yarim himoyani mustahkamlashga qaror qilgandik.
Men «Kamp Nou»dagi o‘yinda to‘pga egalik qilishda ustunlikka ega bo‘lishimizni istagandim. Chunki, to‘p senda bo‘lsa, ularda Messi, Suares va Neymar ham bo‘lmaydi, deganidir. Ular to‘psiz qolganda ham xavfli, lekin to‘p bilan bo‘lgandagi kabi emas.
Men buni Serxio bilan suhbatimizda gapirdim, u meni to‘g‘ri tushundi. U jamoaga yordam berish uchun o‘yinning oxirgi qismida tushishi rejalashtirilgandi. Aynan shu tufayli u zaxirada qolgandi.
Aguero «Siti»dan o‘zi ketishni istamasa, biz uni ketkazmaymiz.
Agar sizlar yana bir marta Aguero mening rejalarimda yo‘qligi haqida yozmoqchi bo‘lsangiz, yaxshisi avval menga qo‘ng‘iroq qiling. Agar mening telefon raqamim sizda yo‘q bo‘lsa, buni klubimiz matbuot xizmati rahbari Saymondan so‘rang va men bilan bog‘lanib, haqiqatni bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.
Kompaniga keladigan bo‘lsak, u bilan oramiz yomonlashgan vaqt bo‘lmagan. Gap shundaki, u o‘z formasini tiklashi kerak... u haqiqiy markaziy himoyachi. Biz uni avaylashimiz kerak.
U Barselonada shifokor qabulida bo‘ldi va o‘ynay olmasligini o‘zi aytdi. Odamlar esa Serxio va Vensan Pep tufayli o‘yinga tushmadi, deyishmoqda. Lekin haqiqatni faqat mendan bilish mumkin.
Agueroni zaxirada qoldirish qarorini men qabul qildim. Modomiki, yutqazgan ekanmiz, bu mening aybim. Agar biz yutganimizda, meni dahoga chiqarishardi. HolbukiYu men mavsum startidagi 10ta ketma-ket g‘alabadan keyin ham hali APL chempioni bo‘lishga tayyor bo‘lmaganimiz haqida gapirgandim.
Biz 3 oydan beri birgalikda ishlamoqdamiz. Siz yangi jamoa qurish qanchalik qiyinligini tasavvur qila olmaysiz. «Barselona» esa 15 yildan buyon shu uslubda o‘ynab kelmoqda. Biz o‘yinimizni takomillashtirishda davom etamiz. Men «Barselona»ga qarshi o‘yinda ba’zi ishlarni yaxshi uddalaganimizni qayd etib qo‘ydim», – degan Gvardiola. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
O‘zbekiston Respublikasining yangi mudofaa vaziri tayinlandi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi
Milliy tibbiyot markaziga O‘zbekiston Davlat Standarti milliy sertifikati topshirildi