Ispaniya Superkubogining yarim final bahsida "Atletik Bilbao" "Barselona"ga qarshi bahs olib borib, 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
Saudiyaning "King Abdullah" stadionida boʻlib oʻtgan uchrashuvda kataloniyaliklar gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi. Mazkur toʻqnashuvdan soʻng bilbaoliklar hujumchisi Inyaki Uilyams Superkubok oʻyinlari Saudiya maydonlarida oʻtkazilishidan norozi ekanligini ma'lum qildi.
"Bu oʻyinlar Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtishi sharmandalik. Ispaniyadan ming kilometr uzoqda oʻynashingiz esa achinarli holat. Agar har bir oʻyin oʻzimizning yurtda boʻlganida, barcha stadion muxlislar bilan toʻlgan boʻlar edi" - deya, oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi ganalik forvard.
Eslatib oʻtamiz, final bosqichida "koʻk-anorranglilar" oʻzining azaliy raqibi hisoblangan "Real Madrid"ga qarshi bosh sovrinni qoʻlga kiritish uchun maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 12 yanvar kuni soat 00:00 da oʻtishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Premer-ligada oʻynayotgan osiyolik eng qimmat futbolchilar
Abduqodir Husanov "Manchester Siti"da nechanchi raqamda oʻynaydi?
Dunyoni oʻzbekcha gapirishga majburlayotgan Husanov!
Islom Maxachev va Arman Tsarukyan jangi muddatidan avval yakunlanadi... (Soʻrovnoma)
Yil toʻqnashuvi: Habib Nurmagomedov yana Konor MakGregorga qarshi!
2024 yilda eng koʻp pul ishlab topgan shaxmatchilar
Rasman! Abduqodir Husanov "Manchester Siti" bilan shartnoma imzoladi
Abduqodir Husanovning transferidan “Bunyodkor” qancha haq oladi?