date
views 1 147

Federiko Valverde: "Men oʻsha tun uxlay olmadim, revansh olmoqchimiz"

Federiko Valverde: "Men oʻsha tun uxlay olmadim, revansh olmoqchimiz"
"Real Madrid" etakchilaridan biri hisoblangan Federiko Valverde Ispaniya Superkubogi finalidan avval Anchelotti bilan birga matbuot anjumanida ishtirok etdi. Yarim himoyachi navbatdagi oʻyin va oʻtgan oʻyindagi natija haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

"Biz oxirgi "El-Klasiko" uchun qasos olmoqchimiz. Oʻsha kecha qiyin boʻldi, tuni bilan hech uxlay olmadim. Jamoam bilan birga gʻalaba qozonishimizga ishongandik, lekin ishlar rejadagidek boʻlmadi. Boʻlajak uchrashuvga esa biz juda qattiq tayyorgarlik koʻrdik.

Muhlislarimizni xursand qilish uchun ushbu toʻqnashuvda qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qilamiz
" - dedi urugvaylik futbolchi.

Ma'lumot oʻrnida, Ispaniya Superkubogi finali bugun Toshkent vaqti bilan 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Federiko Valverde: "Men oʻsha tun uxlay olmadim, revansh olmoqchimiz"