APLda harakat qiladigan oʻzbekistonlik ilk futbolchi Abduqodir Husanov yangi jamoasida 45-raqam ostida oʻynashidan xabaringiz bor. Xoʻsh, bungacha "shaharliklar" tarkibida aynan qaysi futbolchilar bu raqamda maydonga tushgan?
Stiven Elliott (Irlandiya)
2003/04 yilgi mavsum "shaharliklar" sharafini himoya qilish bilan futboldagi katta yoʻlini boshlagan Stiven deyarli hech vaqt qaydnomadan joy olmagan. Shu bois u bor-yoʻgʻi 2 ta oʻyinda umumiy 16 daqiqa maydonda harakat qilgan xolos. Biroq fakt shuki, hujumkor yarim himoyachi 45-raqamda toʻp tepgani bilan "Manchester Siti" tarixida qolgan.
Mayka Richards (Angliya)
2005 yil 22 oktyabr kuni "Arsenal"ga qarshi oʻyinda 17 yoshli Mayka Richards zaxiradan maydonga tushib, "shaharliklar" birinchi jamoasida debyut qilgan. Dastlabki – 2005/06 yilgi mavsumida Mayka 45-raqam ostida toʻp tepgan va 16 oʻyinda maydonga tushib, hisobiga 1 ta gol yozib qoʻygan. Keyingi mavsum David Sommey jamoadan ketgach, 2-raqamni oʻziniki qilgan.
Mario Balotelli (Italiya)
2010 yildan 2013 yilgacha "shaharliklar" tarkibida harakat qilgan hujumchi bu raqamni mashhur qilgan futbolchi deb bemalol aytish mumkin. Har qanday qidiruv tizimiga "45-raqamli futbolchi" deb yozsangiz, sizga avval "Super Mario"ni, keyin boshqalarni chiqarib beradi. Mario 3 yil mobaynida 80 uchrashuvda qatnashib, 30 ta toʻp kiritgan hamda 6 ta golli pas uzatgan. Forvard jamoa bilan bir bor chempionlikni tantana qilgan boʻlsa, Angliya Kubogi va Angliya Superkubogini qoʻlga kiritishga ham ulgurgan.
Demeako Dyuxani (Angliya)
2017/18 yilgi mavsum "Manchester Siti" oʻng qanot himoyachisi Demeako Dyuxani 45-raqamda oʻynagan. 18 yoshli futbolchi oʻsha mavsum "Manchester Siti" U-23 safida 16 oʻyinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qilgan.
Abduqodir Husanov (Oʻzbekiston)
Buyogʻiga Mario Balotelli tanitgan 45-raqamni Abduqodir Husanov yanada porlatishga xizmat qiladi. Umid qilamizki, Oʻzbekiston MTJ himoyachisi bu raqam ostida Xosep Gvardiola jamoasining asosiy figurasiga aylanadi.
Manba: Championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar