A Seriyanig 21-turidan oʻrin olgan ilk oʻyin boʻlib oʻtdi. Bu bahsda "Roma" "Jenoa"ni taslim qildi.
Dastlab, Dovbik hisobni ochgan boʻlsa, Mazini javob qaytardi. Shundan keyin El-Shaaravi jamoasini oldinga olib chiqdi, oradan koʻp oʻtmay Leali oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi. Shomurodov esa 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Shu tariqa, rimliklar turnir jadvalida 9-oʻringa joylashdi.
Roma – Jenoa 3:1
Gollar: 1:0 – 25 Dovbik, 1:1 – 33 Mazini, 2:1 – 60 El-Shaaravi, 3:1 – 73, avtogol Leali.
Roma – Svilar, Ndika, Xummels (Pizilli, 76), Manchini, Anxelino, Pellegrini (El-Shaaravi, 46), Paredes, Kone, Salemakers (Chelik, 76), Dovbik (Shomurodov, 85), Dibala (Soule, 84).
Jenoa – Leali, Aaron Martin, Vaskes, Bani (Sabelli, 32), de Vinter, Mazini, Frendrup, Miretti (Kasa, 85), Torsbyu (Exator, 68), Dzanoli (Venturino, 68), Pinamonti.
Ogohlantirish: Vaskes (18), Paredes (56).
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar