Portugaliya terma jamoasi va "Portu" darvozaboni Diogu Koshta Angliyaga koʻchib oʻtishi mumkin. Bu haqda "Football Transfers" xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, ushbu portugaliyalik darvozabonga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. "Shaharliklar" Diogu Koshtani braziliyalik Edersonning oʻrniga asosiy nomzod sifatida koʻrmoqda. Dioguning transferi yozgi transfer oynasida amalga oshishi kutilmoqda.
Koshta va "Portu" oʻrtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning oʻrtalariga qadar moʻljallangan.
"Transfermarkt" portali uning bozor qiymatini 40 million yevro deb baholagan. Joriy mavsumda Koshta 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, shundan 13 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boringCtrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar