Timur Kapadze Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda OʻFA xabar berdi.
"Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyligi uchun bir qator nomzodlarni oʻrganib chiqdi va tahlil qildi. Mahalliy va xorijlik tajribali mutaxassislar bilan muzokaralar oʻtkazdi. Shu bilan birga, murabbiylar kengashi tomonidan taqdim etilgan tavsiyalar ham batafsil koʻrib chiqildi.
Jahon chempionati saralashining hal qiluvchi oʻyinlariga oz vaqt qolganini hisobga olib, jamoa va futbolchilar bilan yaqindan tanish boʻlgan, uzoq yillar davomida milliy terma jamoa safida toʻp surgan hamda bosh murabbiy va yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan, shuningdek, Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan tarixiy natijaga erishgan Timur Kapadze nomzodi ilgari surildi. Hozirgi yuzaga kelgan holatda OʻFA aynan Kapadzening murabbiylik iste'dodi, mas'uliyati, jamoa a'zolari orasida mavqei, qolaversa doimo yuqori maqsad sari intilish kabi jihatlari orqali muhim uchrashuarda ijobiy natija koʻrsatishiga ishonadi.
Ayni kunlarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Qatarda yigʻin oʻtkazmoqda. Timur Kapadze ushbu yigʻinga qoʻshilib, jamoa boshqaruvini qoʻlga oladi", - deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar