16:12 / 23.01.2025
268

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi qur'a natijasi haqida nimalar dedi?

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi qur'a natijasi haqida nimalar dedi?
Biroz oldin Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U-17 Osiyo kubogiga qur'a tashlandi.

Qur'a natijalariga koʻra vakillarimiz Saudiya Arabistoni, Tailand, Xitoy bilan bir kvartetdan oʻrin oldi. Xoʻsh, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi bu borada qanday fikrda?

"Guruhda qaysi terma jamoaning bizga raqib boʻlishini ahamiyati yoʻq edi. Oldimizga yuqori maqsad qoʻyganmiz. Qoʻl ostimdagi futbolchilarga ishonaman. Ular istalgan jamoaga qarshi munosib oʻynay olishadi. Maqsadimiz birinchi navbatda Jahon chempionatiga yoʻllanma olish.

Bu bizga hech qanday bosim yuklamaydi. Har qanday raqib bilan, har qancha bosim ostida oʻynashimiz kerak. Hozir Saudiya Arabistonida yigʻin oʻtkazmoqdamiz, 3 kundan soʻng oʻyinimiz bor. Tayyorgarlikni oʻzgartirishni oʻylaganimiz yoʻq. Oʻzimizning tanlagan yoʻlimiz bor va bundan qaytmaymiz.

Tayyorgarlik reja asosida ketmoqda. Albatta, bu erdagi yigʻinimiz Osiyo kubogi oldidan jamoaga moslashishga yordam beradi deb oʻylayman. Rejaga oʻzgartirish kiritmaymiz. Bu paytgacha Xitoy bilan oʻynaganmiz. Tailand bilan toʻqnash kelmaganmiz. Bugundan raqiblarning oxirgi oʻyinlarini oʻrganishni boshlaymiz. Oldimizda ikki yarim oy vaqt bor. Ishonamanki, Osiyo kubogidan yorugʻ yuz bilan qaytamiz", - deydi Islom Ismoilov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport