Eldor Shomurodov jamoasida oxirgi imkon qoldi

Yevropa Ligasining umumiy bosqich oʻyinlari yakunlanishiga yana bitta tur qoldi. Bu musobaqada ishtirok etayotgan yagona futbolchimiz Eldor Shomurodovning “Roma”si yettinchi turni Niderlandiyada oʻtkazdi.
Klaudil Ranyeri shogirdlari “AZ Alkmaar” jamoasi mehmoni boʻldi va oʻyinning 80-daqiqasida mezbonlar tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga magʻlubiyatga uchradi.
Rim klubi bosh murabbiyi bu bellashuvda Eldor Shomurodovni zaxirada olib qoldi va oʻzini koʻrsatish imkonini bermadi.
Gʻalabadan keyin “AZ Alkmaar” musobaqaning pley-off bosqichida qatnashish huquqini kafolatladi.
7-tur natijalari bilan tanishing:
Galatasaroy (Turkiya) - Dinamo (K, Ukraina) - 3:3
Beshiktosh (Turkiya) - Atletik (Ispaniya) - 4:1
Karabax (Ozarbayjon) - FKSB (Ruminiya) - 2:3
Xoffenxaym (Germaniya) - Tottenxem (Angliya) - 2:3
Fenerbahche (Turkiya) - Lion (Fransiya) - 0:0
AZ (Niderlandiya) - Roma (Italiya) - 1:0
Portu (Portugaliya) - Olimpiakos (Gretsiya) - 0:1
Malme (Shvetsiya) - Tvente (Niderlandiya) - 2:3
Viktoriya (Chexiya) - Anderlext (Belgiya) - 2:0
Bude-Glimt (Norvegiya) - Makkabi (TA, Isroil) - 3:1
Manchester Yunayted (Angliya) - Reynjers (Shotlandiya) - 2:1
Latsio (Italiya) - Real Sosyedad (Ispaniya) - 3:1
PAOK (Gretsiya) - Slaviya (Chexiya) - 2:0
RFSh (Latviya) - Ayaks (Niderlandiya) - 1:0
Ayntraxt (Germaniya) - Ferensvarosh (Vengriya) - 2:0
Elfsborg (Shvetsiya) - Nistsa (Fransiya) - 1:0
Yunion (Belgiya) - Braga (Portugaliya) - 2:1
Ludogorets (Bolgariya) - Mityulland (Daniya) - 0:2
Umuman olganda, Yevropa ligasida musobaqani keyingi bosqichda davom ettiradigan 15 ta jamoa nomi ma'lum boʻldi. Bular – “Latsio”, “Ayntraxt” (Frankfurt), “Atletik Bilbao”, “Manchester Yunayted”, “Lion”, “Tottenxem”, “Anderlext”, “Styaua”, “Galatasaroy”, “Budyo/Glimt”, “Viktoriya” (Plzen), “Olimpiakos”, “Reynjers”, “AZ Alkmaar” va “Yunion” jamoalaridir.
Yana qolgan toʻqqizta oʻringa 14 ta klub da'vogarlik qilmoqda. “Ayaks”, PAOK, “Real Sosyedad”, “Midtyullann”, “Elfsborg”, “Roma”, “Ferensvarosh”, “Fenerbahche”, “Beshiktosh”, “Portu”, “Tvente”, “Braga”, “Xoffenxaym” va “Makkabi” (Tel-Aviv) kabi jamoalar keyingi bosqich masalasini oxirgi turda hal qiladi.
Hozircha, yettinchi turdan keyin 9 ochko bilan 21-oʻrinni egallab turgan “Roma” futbolchilari oxirgi turda jiddiy raqib – musobaqa jadvalida ikkinchi oʻrinda borayotgan Germaniyaning “Ayntraxt” jamoasi bilan toʻqnashadi. Uchrashuv 30 yanvar kuni Rim shahridagi “Olimpiko” stadionida boʻlib oʻtadi.

Izohlar 0
…