Avvalroq “Al-Hilol” klubi braziliyalik hujumchi Neymar bilan xayrlashganini e'lon qilgandi. Futbolchi jamoani tark etayotganda oʻz fikrlarini bildirdi.
“Saudiya Arabistonining qanday mamlakat ekanini endi yaxshi bilaman. “Al-Hilol”dagi doʻstlarga va muxlislarga – rahmat! Saudiya Arabistoniga rahmat, men va oilamga yangi uy va yangi taassurotlar hadya qilgani uchun.
Sizning muhabbatingizni va oʻyinga boʻlgan ishtiyoqingizni doim his qildim. 2034 yilgacha klub va mamlakatingizning rivojlanishini kuzatib boraman. Sizni ajoyib kelajak kutmoqda, chunki katta oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda. Sizlarni qoʻllab-quvvatlayman!”, – deb yozdi Neymar.
Ma'lumot uchun, Neymar “Al-Hilol”dagi faoliyati davomida jami 7 oʻyinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi. U Braziliyaning “Santos” klubiga qaytmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar