“Manchester Siti” himoyachisi Yoshko Gvardiol Chempionlar ligasi doirasida “Bryugge”ga qarshi bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Jurnalistlar xorvatiyalik futbolchidan jamoaga yangi qoʻshilgan Abduqodir Husanov haqida soʻrashdi. 23 yoshli oʻyinchi esa milliy terma jamoamiz a'zosi haqida iliq fikrlar bildirib oʻtdi.
"Avvalo, Abduqodir yaxshi yigit. Garchi men u bilan koʻp gaplashmagan boʻlsam ham, lekin u yaxshi futbolchiga oʻxshaydi. Husanov debyut oʻyinida juda ajoyib ish qildi, bu esa oson emas edi. Ayniqsa, Angliya Premer-ligasida “Chelsi”ga qarshi birinchi uchrashuvini oʻtkazish, juda qiyin hisoblanadi.
Yaxshi tomoni shundaki, u endigina 20 yoshga toʻldi. Nazarimda, Abduqodir “shaharliklar” safida uzoq vaqt harakat qilib, klubga yordam beradi. Shuni ham ta'kidlashim kerak, biz uni qoʻllab-quvvatlash uchun har doim shu erdamiz. Agarda oʻzbekistonlik oʻyinchiga biror narsa kerak boʻlsa, mendan yoki tajribali futbolchilardan soʻrashi mumkin" – deya oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Eslatib oʻtamiz, Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” EChLning soʻnggi tur bellashuvida “Bryugge” bilan kuch sinashadi. Mazkur toʻqnashuvni hamyurtimiz kengaytirilgan tarkibdan joy olmaganligi sababli oʻtkazib yuboradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar