15:35 / 30.01.2025
684

Shaxmat. Nufuzli turnirda Nodirbek Abdusattorov magʻlubiyatsiz seriya qayd etmoqda

Shaxmat. Nufuzli turnirda Nodirbek Abdusattorov magʻlubiyatsiz seriya qayd etmoqda
Niderlandiyada shaxmat boʻyicha an'anaviy Tata Steel Chess 2025 musobaqasi davom etmoqda. Musobaqada Oʻzbekistonning 2 shaxmatchisi gʻoliblik uchun kurash olib bormoqda.

Foto: Chess
Kecha, 29 yanvar kuni oʻtkazilgan 10-turda Masters guruhi peshqadamlari safida borayotgan Nodirbek Abdusattorov oq donalarda oʻynab serbiyalik Aleksey Saranani magʻlub etdi. Shaxmatchi hozirgacha musobaqada magʻlub boʻlmagandi. Ushbu gʻalabadan soʻng Abdusattorov oʻz hisobidagi ochkolar sonini 7 taga etkazib, turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda.

Foto: Chess
Hindistonlik Gukesh Dommaradju turnir jadvalining eng yuqorisida joylashgan. Amaldagi jahon chempioni qora donalarda harakat qilganiga qaramay, niderlandiyalik Maks Varmerdamdan ustun keldi. Gukesh 7,5 ochko bilan yakka karvonboshi boʻlib turibdi. Yana bir hind grossmeysteri Rameshbabu Pragnanandha ham bu turda oʻzi uchun muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi. U sloveniyalik Vladimir Fedoseyevdan ustun kelib, 6,5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.

Masters guruhida magʻlubiyatga uchramagan uch nafar shaxmatchi qoldi — Gukesh Dommaradju, Nodirbek Abdusattorov va Vey Li. Xitoylik grossmeysterning 1 gʻalaba, 9 ta durang qayd etdi. Gukesh hisobida 5 tadan gʻalaba va durang bor. Abdusattorov esa 4 gʻalaba va 6 durangga ega.

Foto: Chess
Challenger guruhida qatnashayotgan Nodirbek Yakubboyev (2659) 10-turda oq donalarda niderlandiyalik Benjamin Bok bilan murosaga keldi. Yakubboyev 3 gʻalaba, 4 durang va 3 magʻlubiyat bilan 5 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida 9-pogʻonadan joy olgan.

Foto: Chess
Chexiyalik Van Nguyen 7,5 ochko bilan Challenger guruhida karvonboshilik qilmoqda. Niderlandiyalik Ervin L'ami 7 ochko toʻplab, 2-oʻrinni band etgan boʻlsa, ozarbayjonlik Aydin Suleymanli 6,5 ochko bilan qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra kuchli uchlikka yakun yasagan. Benjamin Bok hisobida ham 6,5 ochko bor.

Ma'lumot uchun, musobaqa nizomiga koʻra, shaxmatchilar 13 ta turda dona suradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport