12:01 / 05.02.2025
10

“Manchester Siti” tarkibi qayta quriladi: Husanov, Marmush, Gonsales, Reys...

“Manchester Siti” tarkibi qayta quriladi: Husanov, Marmush, Gonsales, Reys...
Evropada qishki transferlar oynasi yopildi. Aksariyat jamoalar oʻzlariga kerakli oʻyinchilarni ijaraga olish yoki toʻliq transfer qilish ishlarini amalga oshirdi. Aslida qishki transferlar davrida katta oʻzgarishlar kam boʻladi.

Angliya Premer-ligasida ishtirok etayotgan yigirmata klubdan 18 tasi transfer bozoriga kirdi. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, aksariyat klublar oʻz kamchiliklarini vaqtincha yopish yoʻlini tanlab, asosan oʻyinchi olishning ijara usulini qoʻlladi.

Premer-liga eksperti Aleks Keble yanvar oyidagi transferlarni tahlil qilib chiqdi va har bir klubning bu yoʻnalishdagi ishlariga baho berdi.

Aleks Keblening “Manchester Siti” amalga oshirgan transferlari haqidagi mulohazalarini futbol ishqibozlari e'tiboriga havola etamiz.

- “Manchester Siti” qayta tiklanishni boshladi. Xosep Gvardiola uning yoshi oʻtib qolayotgan tarkibida jiddiy oʻzgarishlar qilish davri kelganini yaxshi anglab turibdi. Jiddiy yangilanishga kirishildi.

“Shaharliklar” qishki transferlar davrida umumiy summasi 170 million funt sterlingni tashkil qilgan toʻrtta jiddiy transferga qoʻl urdi. Bu borada manchesterliklar Premer-liganing barcha klublarini qoʻshib hisoblaganda ham ulardan katta mablagʻ sarfladi.

Portu”dan yaqindagina 50 million funtga olingan Niko Gonsales “Manchester Siti” katta ehtiyoj sezayotgan Rodrining oʻrnini bosadi. Bu futbolchi manchesterliklarning kuchli toʻrtlikka kirishida asosiy figuralardan biriga aylanishi kutilyapti.

Himoya markazini kuchaytirish uchun taklif etilgan Abduqodir Husanov yangi jamoada debyutini nishonlab boʻldi. Lekin oʻzbekistonlik legioner kabi Niko Gonsalesga ham yangi ligaga moslashishi uchun biroz vaqt kerak boʻlishi tabiiy.

Yangi kelgan oʻyinchilardan Umar Marmushning vaziyati yaxshiroq ekanini ta'kidlash lozim. Koʻp va tez yuguradigan hujumchi Xosep Gvardiola oʻyin sxemasiga juda mos tushdi.

19 yoshli braziliyalik himoyachi Vitor Reys esa, kelajak uchun transfer qilingan oʻyinchi hisoblanadi va u hali tajriba toʻplashi maqsadga muvofiq.

Umuman olganda, Manchesterga olib kelingan oʻyinchilarning aksariyati yangi avlod vakillari hisoblanadi. Xosep Gvardiola bu gal jahon yulduzi darajasidagi nomdor futbolchilarni emas, balki iste'dodli yoshlarga ishonch bildirgani ispaniyalik mutaxassis sovrinlar uchun kurashni kelasi mavsumdan boshlashidan dalolat beradi, - deb yozdi Aleks Keble premierleague.com saytida e'lon qilgan tahlilida.

Ta'kidlash joizki, bu toʻrtta yirik transfer fonida “shaharliklar”ning yana bir yangi oʻyinchisi sezilmay qoldi. “Manchester Siti” yanvar oyida “Nyu-York Siti”da tarbiyalagan 18 yoshli chap qanot himoyachisi Kristian Makfarleynni erkin agent sifatida oʻz safiga qoʻshib oldi. Bundan tashqari oʻtgan yilning boshida Argentinaning “River Pleyt” jamoasiga ijaraga joʻnatilgan 19 yoshli hujumkor futbolchi Klaudio Echeverri ham Manchesterga qaytdi.

Oʻz navbatida, “Manchester Siti” oʻz futbolchilaridan Josh Uilson-Esbrandni “Stok Siti”ga, Jeykob Raytni “Norvich”ga, tajribali himoyachi Kayl Uokerni “Milan”ga ijaraga joʻnatdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Siti” tarkibi qayta quriladi: Husanov, Marmush, Gonsales, Reys...