"Liverpul" "Tottenxem"ni tor-mor qilib Liga Kubogi finaliga chiqdi (Video)

"Liverpul" "Tottenxem"ni tor-mor qilib Liga Kubogi finaliga chiqdi (Video)
"Liverpul" Angliya Liga Kubogi yarim finali javob uchrashuvida "Tottenxem"ni 4:0 hisobi bilan mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Umumiy hisobda "qizillar" raqibni 4:1 natija bilan safdan chiqarishdi.

Uchrashuvda Kodi Gakpo (34'), Muhammad Saloh (51' penaltidan), Dominik Soboslay (75') va Virjil van Deyk (80') gol mualliflari bo‘lishdi.

Statistika bo‘yicha ham "Liverpul" butunlay ustunlik qildi – jamoa 26 marta darvozaga zarba yo‘llab, ulardan 10 tasini aniq amalga oshirdi. "Tottenxem" esa darvozaga atigi 5 marta zarba berdi va hech biri aniq emas edi.

To‘pga egalik qilishda ham mezbonlar katta farq bilan oldinda bo‘ldi – 65% ga 35%. "Liverpul"ning uzatmalari aniq bajarilishi 87% ni tashkil qildi, bu esa "shporlar"nikiga nisbatan ancha yuqori natija.

Ushbu g‘alaba evaziga "Liverpul" finalga yo‘l oldi va endi Liga Kubogi uchun bahs olib boradi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar