06:50 / 08.02.2025
139

Husayn Norchayev "Nasaf"ga qaytmoqdami?

Husayn Norchayev "Nasaf"ga qaytmoqdami?
Oʻzbekistonlik hujumchi Husayn Norchayev qadrdon klubiga qaytmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga koʻra, Husayn Norchayev 2025 yilgi mavsumni Qarshining "Nasaf" klubida boshlaydi. Norchayev aynan shu klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Futbolchi oʻtgan mavsum "Neftchi" tarkibida Oʻzbekiston Superligasida 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib oʻtamiz, Husayn Norchayev Portugaliyaning "Braga" klubiga oʻtishi mumkin edi. Ammo viza bilan bogʻliq muammo tufayli bu transfer amalga oshmay qoldi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport