![Javohir Sindarov oʻzi qatnashayotgan nufuzli turnir haqida nimalar dedi? (intervyu)](/uploads/posts/2025-02/048251103d_s5htyk.webp)
Mukofot jamgʻarmasi 75000 ming dollarni tashkil etuvchi "2025 Freestyle Chess Grand Slam Weissenhaus" turniri davom etmoqda. Ushbu turnirda Nodirbek Abdusattorov hamda Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli shaxmatchilari bilan bahslarga kirishgan.
Ushbu turnirni hamyurtimiz Javohir Sindarov yondirmoqda. U mazkur turnir doirasida hozircha Vinsent Kaymar (Germaniya), Levon Aronyan (AQSh), Vladimir Fedoseyev (Rossiya), Magnus Karlsen (Norvegiya) kabi shaxmatchilarni taslim etdi. Ayniqsa, Karlsen ustidan qozonilgan gʻalaba Javohirga turnir jadvalida peshqadam Fabiana Karuana bilan tengma-teng ochkolar toʻplab turishini ta'minlab berdi.
Javohir Sindarovdan "Freestyle Chess" turniri haqida ingliz tilida intervyu olishdi. Biz esa uni sizga oʻzbek tiliga tarjima qilamiz.
- Sizning soʻnggi daqiqalarda turnirda ishtirok etishingiz ma'lum boʻldi. Sababi, Vishi Anand musobaqani tark etdi. Oʻzingizni qanday his qilyapsiz?
- Avvaliga biroz hafsakam bir boʻldi. Sababi, yaxshi oʻynadim. Men Pragnanadhni magʻlub etdim, undan oldin esa yana bir qancha kuchli raqiblarni ham taslim etdim. Finaldagi bahs qiyin kechdi. Ilk bahsda gʻalaba qozondim, ikkinchisda esa durang oʻynashim mumkin edi, lekin soʻnggi soniyada xatoga yoʻl qoʻydim va oʻyin tay-brekga oʻtib ketdi. Hal qiluvchi pallada gʻalabani qoʻldan boy berdim. Albatta, bu uyat edi.
- Oxir-oqibat baribir sizni turnirga taklif qilishganini qayerdan bildingiz?
- Yanvar oyida men Bundesligada oʻynadim va u erda tashkilotchlar Yan-Xenrik va Sebastyan bilan uchrashdim. Bizning yoʻllarimiz bir necha bora kesishdi va ular menga har kuni tabassum qilishlarini payqadim. Oʻsha paytda men ular nega bunday qilishayotganini tushunmadim. Bir necha kundan soʻng oilam bilan Dubayda ta'tilda edim va birdan menga xabar keldi: "Freestyle" shaxmat oʻynashni xohlaysizmi?". Albatta, men darhol rozi boʻldim. Bu eng yaxshilarga qarshi oʻynash uchun ajoyib imkoniyat edi!
- Sizga "freestyle" shaxmat yoqadimi?
- Asosiysi, siz uzoq vaqt tayyorgarlik koʻrishingiz shart emas. Oddiy shaxmatda siz tayyorgarlik uchun 3-4 soat sarflaysiz, keyin yana 5-6 soat oʻynaysiz. Bu juda qiyin. "Freestyle"da hamma narsa sizning fikringizga bogʻliq. Siz oʻzingiz yodlagan chiziqlar boʻyicha emas, balki faqat pozitsiyaga qarab oʻynaysiz. Bu qiziqarliroq!
- Biroq siz har doim tayyorlanasiz!
- Ehtimol. Shaxmatda muntazam tayyorgarlik muhim, ammo men koʻproq oʻyin jarayonini yaxshi koʻraman.
- Ushbu turnirga qanday tayyorgarlik koʻrdingiz?
- Shaxmat vazifalarini hal qildim. Men "Chess960"dan 100 ga yaqin pozitsiyalarni koʻrib chiqdim. Bu menga oʻyinni tartibga solishga yordam beradi, lekin ularni eslay olmadim. Asosiysi, oʻyin suratiga tezda moslashish.
- Magnus yoki Fabiano kabi top shaxmatchilar va siz oʻrtangizda farq qanchalik katta? Siz ularning darajasiga qayerda yaqinroqsiz - klassik yoki "freestyle"?
- Menimcha, ularga "freestyle"da yaqinroqman. Ular klassikda ancha kuchliroq. Oddiy shaxmatda dastlabki tayyorgarlik koʻp narsani hal qiladi, ammo "freestyle" shaxmatda hammasi pozitsiyani tushunishga bogʻliq.
- Biroq siz tayyorgarlikni yaxshi koʻrasiz. Shunday emasmi?
- Ba'zan, lekin har kuni uch soat dastlabki yurishlarni mashq qilishni va keyin yana olti soat oʻynashni tasavvur qiling. Bu charchatadi. "Freestyle"da siz shunchaki shaxmat oʻynaysiz va bu ajoyib! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar