!["Valensiya" va "Leganes" oʻyini uchun asosiy tarkib e'lon qilindi](/uploads/posts/2025-02/4df5331a2f_valensiya-leganes.webp)
Bugun, 20:15 da boʻlib oʻtadigan La Liga doirasidagi "Valensiya" – "Leganes" uchrashuvi uchun asosiy tarkiblar e'lon qilindi.
"Valensiya" jamoasi 4-2-3-1 sxema boʻyicha oʻynaydi. Jamoa darvozasini Mamardashvili qoʻriqlaydi, himoya chizigʻida Moskera, Tarrega, Diakbi va Gayya harakat qiladi. Yarim himoyada Gerra, Barrenechea, Lopes, Almeyda va Rioxa joy olgan boʻlsa, hujum chizigʻida Duro maydonga tushadi.
"Leganes" jamoasi esa 4-4-2 sxema bilan maydonga tushadi. Darvozabon – Dmitrovich. Himoyada Barishich, Nastasich, Sanz va Roze harakat qiladi. Yarim himoyada Brashanas, Tapia, Neyu va Dias maydonga tushadi. Hujum chizigʻida esa Raba va De la Fuente oʻynaydi.
Uchrashuv "Mestalya" stadionida boʻlib oʻtadi. Oʻyinning boshlanish vaqti – Oʻzbekiston vaqti bilan 20:15. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar