!["Oʻzbek Serxio Ramosi": Evropa Abduqodir Husanovga qoyil qoldi](/uploads/posts/2025-02/386257a1cb_abduqodir-husanov-ramos.webp)
Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Kubogidagi muvaffaqiyatli oʻyini bilan butun dunyo futbol jamoatchiligini hayratga soldi, deb xabar bermoqda Offside.kz.
Evropa matbuoti va muxlislar yosh futbolchini "Oʻzbek Serxio Ramosi" deb atashmoqda.
Biroq futbolchiga nisbatan turli fikrlar ham bildirildi:
- "Unga imkoniyat bering, u afsonaga aylanadi!"
- "U faqat uchinchi divizion jamoasiga qarshi bir taym oʻynadi, darhol Ramos bilan solishtirishga shoshilmang."
- "Oʻyinini kuzatdim, yaxshi harakat qildi, lekin biroz hayajon sezildi. Lekin vaqt oʻtishi bilan moslashadi va, inshaAlloh, APLni zabt etadi."
Ba'zi shubhali fikrlar ham yoʻq emas:
- "Bu yigit taktikani umuman tushunmaydi."
- "Husanov hali Ramos darajasiga etmadi."
- "Bu yigit kelajakda Maldiniga aylanadi!"
- "Butun MDH unga hasad qilmoqda. Post-sovet makonida hech kim Husanov erishgan narsaga erisha olmadi, u esa atigi ikki marta 'Siti' safida maydonga tushdi."
Eslatib oʻtamiz, kechagi uchrashuvda Husanov "Manchester Siti" tarkibida 7.8 ball bilan eng yaxshi uch futbolchidan biri boʻldi. 56-daqiqada Riko Lyuis uzoq masofadan zarba yoʻllaganida, toʻp Husanovga tegib, darvozaga kirdi va u "shaharliklar" safida ilk golini nishonladi.
Shuningdek, Abduqodir kechagi oʻyinda asosiy tarkibda boshlamagan boʻlsa-da, tanfusdan soʻng braziliyalik himoyachi Vitor Reyshning oʻrniga maydonga tushib, ajoyib oʻyin koʻrsatdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar