23:55 / 10.02.2025
135

Abdusattorov ikkinchi oʻyinda ham Karlsenga yutqazdi

Abdusattorov ikkinchi oʻyinda ham Karlsenga yutqazdi
Xabaringiz bor, bugun Germaniyaning Vaysenxaus shahrida "Freestyle Chess-2025" turniri boʻlib oʻtmoqda.

Nodirbek Abdusattorov - Magnus Karsen oʻrtasidagi partiyada norvegiyalik sportchi gʻalaba qozondi. Javohir Sindarovning bahsi esa davom etmoqda.

Biroz avval Fabiano Karuana "2025 Freestyle Chess" musobaqasining birinchi yarim finalchisiga aylangan edi. Amerikalik sportchi jahon chempioni Gukesh Dommaradjuni magʻlub etgan holda keyingi bosqichga yoʻl oldi.

Eslatib oʻtamiz, mukofot jamgʻarmasi 750 ming dollarni tashkil qiluvchi turnir 17 fevralga qadar boʻlib oʻtadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport