
Foto: “Nasaf” klubi
Husayn Norchayev “Nasaf” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Mamnuniyat bilan shuni e'lon qilamizki, hujum chizigʻimiz yana-da kuchaymoqda! Oʻz akademiyamizdan etishib chiqqan Husayn Norchayev yana biz bilan birga! Gollar, paslar, gʻalabalar kutib qolamiz! Jonajon "Nasaf"imizga xush kelding, Husaynjon!", - deyiladi klub xabarida.
Avvalroq Husayn Norchayev Portugaliyaning “Braga” klubiga oʻtishi aytilgandi. Keyinchalik bu amalga oshmadi. Bunga viza sabab boʻlgani aytilgandi.

Foto: “Nasaf” klubi
Ma'lumot uchun, Norchayev 2002 yil, 6 fevral kuni Qashqadaryoda tugʻilgan. Norchayev Qarshi klubi akademiyasidan etishib chiqqan. Oʻtgan mavsumni Fargʻonaning “Neftchi” klubida oʻtkazdi. Transfermarkt portali futbolchini 400 ming yevroga baholagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar