![Gulrukhbegim Tohirjonova Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyasiga qaytdi](/uploads/posts/2025-02/98d5e847a0_gulruhbegim.webp)
5 yil davomida AQSh terma jamoasi tarkibida dona surgan Gulruhbegim Tohirjonova bundan buyon yana Oʻzbekiston nomidan ishtirok etishi e'lon qilindi.
U bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Gulruhbegim yana vatanimiz bayrogʻi ostida oʻynashga rozi boʻldi va yurtimizga qaytib keldi. Jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida qaytish sababi haqida ham savol berildi.
"Gap pulda yoki va'dalarda emas, men doim Vatanimiz bayrogʻi ostida qatnashishni xohlaganman. Lekin orada shunday davr boʻldiki, ketishga majbur boʻldim. Agar men Oʻzbekistonda muhit oʻzgarganini, Shaxmat federatsiyasida sportchilarga e'tibor paydo boʻlganini his qilmaganimda qaytmas edim", - dedi Gulruhbegim.
Ma'lumot uchun, Gulruhbegim Tohirjonova shu paytgacha AQSh terma jamoasining 1-raqamli shaxmatchisi edi. 2023 yilda AQShda "Yilning eng yaxshi ayol shaxmatchisi" deb topilgan.
Lekin e'tiborlisi, oxirgi ikkita Olimpiada davomida AQSh va Oʻzbekiston oʻzaro duch kelganda Gulruhbegim oʻz yurtiga qarshi dona surishdan bosh tortgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar