01:03 / 16.02.2025
4 499

La Liga turnir jadvali – Chempionlik va pastki pog‘onalar uchun kurash qizimoqda

La Liga turnir jadvali – Chempionlik va pastki pog‘onalar uchun kurash qizimoqda
La Liga 2024/25 mavsumining so‘nggi bosqichlariga kirib bormoqda va chempionlik uchun kurash nihoyatda keskin tus olgan. "Real Madrid" 51 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda, biroq "Atletiko Madrid" atigi 1 ochko ortda (50 ochko) va har qanday xatolik poyga natijasiga katta ta’sir qilishi mumkin. "Barselona" esa 48 ochko bilan 3-o‘rinda, mavsum oxirigacha o‘z imkoniyatini saqlab qolmoqda.

Oltin butsa uchun kurash:
Hozircha to‘purarlar ro‘yxatida Robert Levandovski (19 gol) yetakchilik qilmoqda, unga Kilian Mbappe (17 gol) yaqinlashgan, "Osasuna" hujumchisi Ante Budimir (13 gol) esa kuchli uchlikni yakunlamoqda.

Assistlar bo‘yicha yetakchilar:
"Lamin Yamal" 10 golli uzatma bilan peshqadam, uni "Atletik"dan Iñaki Uilyams (7 assist) va "Vilyarreal"dan Alex Baena (6 assist) ta’qib qilmoqda.

Turnirdagi xavfli zonalar:
Jadvalning quyi qismida "Valensiya" va "Alaves" 22 ochko bilan xavfli hududda, "Valladolid" esa 15 ochko bilan so‘nggi pog‘onada qolmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport