18:57 / 16.02.2025
297

Pedru Moreyra: "Katta ishtiyoq bilan oʻynasak, koʻp narsani uddalay olamiz"

Pedru Moreyra: "Katta ishtiyoq bilan oʻynasak, koʻp narsani uddalay olamiz"
Xabaringiz bor, ertaga "Paxtakor" jamoasi "Jar"da Elit Chempionlar ligasi doirasida Qatarning "As-Sadd" jamoasini mehmon qiladi. Uchrashuv oldidan "sherlar" ustozi Pedru Morreyra va Umar Adhamzoda qatnashib, jurnalistlarning savollariga javo berdi.

"Barchaga xayrli kun. Bizni juda muhim oʻyin kutmoqda. Maqsadimiz jamoaning ushbu musobaqadagi ikki uchrashuvi orqali barchasini koʻzdan kechirib olish edi. Gʻalaba qozongan taqdirimizda bizda imkoniyat saqlanib qoladi. Shunga harakat qilamiz. Raqib hujumkor futbol koʻrsatadi, juda yaxshi shakllangan jamoa. Bir oydan ortiqroq mashgʻulotlarda ishlaganlarimizni ertaga koʻrsatishga intilamiz.

Oldimizda turgan oʻyin haqida oʻylashimiz lozim. Zafar quchsak, keyin boshqa narsalar toʻgʻrisida oʻylaymiz. Bizni Elit ligadan tashqari Oʻzbekiston chempionatida ham qiziqarli mavsum kutmoqda.

Raqibda rasmiy oʻyin amaliyoti borligi ularga qoʻl keladi. Mavsum davom etayotgan holatda maydonga tushish yaxshi. Lekin biz ham koʻp narsalarga qodirmiz. Futbolchilar ham buni his etib borishmoqda. Jamoa sifatida asta-sekin kuchayib boryapmiz.

Uchrashuvga juda koʻp narsalar ta'sir qilishi mumkin. Katta ishtiyoq bilan oʻynasak, koʻp narsani uddalay olamiz. Oʻyindagi turli vaziyatlarga tayyor boʻlishimiz kerak.

Muxlislarni stadionda koʻrishdan xursand boʻlamiz va ularga yaxshi kayfiyat taqdim etishga urinamiz. Biz bir oilaga aylanishimiz lozim", - dedi Morreyra.

"Ertangi bellashuvda gʻalabaga erishib, muxlislarni xursand qilishga urinamiz. Tayyorgarligimiz koʻngildagidek boʻldi deb oʻylayman. Oʻz oʻyinimizni namoyish etishimiz kerak. "Sadd"ni oʻrganib chiqdik. Ularga qarshi oldin ham oʻynaganmiz.

Klaudinioga qarshi oʻynashga alohida tayyorlanmadik. Raqibda yuqori saviyali futbolchilar koʻp. Jamoaviy oʻyinga e'tibor qaratgan holda bahsga hozirlik koʻrdik", - deya oʻz fikrlarini bildirdi Umar Adhamzoda.

Eslatib oʻtamiz, "Paxtakor" - "As-Sadd" uchrashuvi ertaga soat 19:00da "Jar" stadionida start oladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport