
Xabaringiz bor, UYeFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvida “Real Madrid” va “Manchester Siti” yana kuch sinashadi. Ikki klub oʻrtasidagi ilk bellashuv “qirollik klubi” foydasiga yakunlangan edi (3:2).
Ushbu javob bahsi uchun “The Sporting News” saytining taxminiy tarkiblari bilan tanishing:
“Real Madrid”: Kurtua, Valverde, Tchuameni, Asensio, Mendi, Sebalos, Kamavinga, Bellingem, Vinisius, Rodrigo, Mbappe.
“Manchester Siti”: Ederson, Husanov, Diash, Ake, Gvardiol, Stonez, Niko, Savio, Foden, Marmush Xoland.
Mazkur manbaga koʻra, milliy terma jamoamiz himoyachisi Abduqodir Husanov Riko Lyuis oʻrniga asosiy tarkibdan joy olib, oʻng qanot himoyada harakat qiladi, deb taxmin qilmoqda. Shu bilan birga, uning tezkorligi Vinisiusga qarshi foyda beradi, deb qoʻshimcha qilindi.
Ma'lumot oʻrnida, javob uchrashuvi 19 fevraldan 20 fevralga oʻtar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00 da boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar