1 485
Saidumarxon Saidnurullayev: «Eronni magʻlub etib, guruhdan 1-oʻrin bilan chiqishni maqsad qilganmiz»

Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi futbolchisi Saidumarxon Saidnurullayev Eronga qarshi oʻyin oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
— Oʻyin haqida
— Bizni yaxshi oʻyin kutib turibdi. Birinchi vazifa — guruhdan chiqdik, lekin 3-turda ham gʻalaba qozonib, 1-oʻrin bilan guruhdan chiqishni maqsad qilganmiz. Gʻalaba uchun maydonga tushamiz.
— Eron haqida
— Murabbiylarimiz bilan raqibni oʻrganib chiqdik, Eron bilan har doim oʻyinda raqobat boʻlgan. Ikkala jamoa ham chorak finalga chiqqan boʻlsa ham, menimcha, bu ahamiyatsiz. Chunki ular ham biz ham faqat gʻalaba uchun maydonga tushamiz. Yaxshi raqib, lekin bizda ham oʻzimizning rejamiz bor.
— Chorak final va ehtimoliy raqiblar haqida
— Hozir bor e'tiborimiz ertangi oʻyinga qaratilgan. Eron bilan oʻyindan keyin chorak final haqida oʻylaymiz. Oʻzini oldiga maqsad qoʻygan jamoa uchun kim raqib boʻlishining ahamiyati yoʻq, biz oʻz ishimizni qilamiz va gʻalaba qozonishga harakat qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar