
Yozda "Manchester Siti"da tarkibning katta qayta qurilishi kutilmoqda. "Daily Mail" xabariga koʻra, oʻzining eng yuqori choʻqqisidan oʻtib boʻlgan bir qator futbolchilar jamoani tark etishi mumkin.
Ushbu roʻyxatda Ederson, Jon Stouns, Mateo Kovachich, Ilkay Gyundogan, Kevin de Bruyne va Bernardu Silva kabi futbolchilar bor.
Bundan tashqari, jamoani tark etishi kutilayotgan yana bir futbolchi – Jek Grilish, u hozir eng yaxshi mavsumini oʻtkazmayapti. Yozda "Siti"ni butunlay tark etadigan yana bir futbolchi – yaqinda mavsum oxirigacha ijara asosida "Milan"ga oʻtgan Kayl Uoker.
Eslatib oʻtamiz, chorshanba kuni "Manchester Siti" "Real"ga 1:3 hisobida yutqazib, Chempionlar Ligasi musobaqasini tark etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar