
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne nima sababdan "Real"ga qarshi oʻyinda qatnashmagani haqidagi savolga javob berdi.
19 fevral kuni Chempionlar Ligasi oʻtish bosqichidan oʻrin olgan "Real" va "Manchester Siti" oʻrtasidagi javob uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv "shaharliklar"ning magʻlubiyati bilan yakunlandi va ular musobaqadan chiqib ketdi. 33 yoshli De Bryuyne butun oʻyinni zaxira oʻrindigʻida kuzatdi.
Gvardiola belgiyalik futbolchida hech qanday jarohat yoʻqligini aytdi.
"Bu mening murabbiylik qarorim edi. U jarohat olmagan. Ha, albatta, u hali ham muhim oʻyinlarda oʻynay oladi... u uydagi "Real" bilan oʻyinda qatnashgandi. U albatta oʻynay oladi", – dedi Gvardiola.
Manba: Metro.co.uk “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar