
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yanvarda boshlangan tarkibni qayta shakllantirish ishlarini yozda ham davom ettiradigan boʻldi.
Ispaniyalik mutaxassis jamoasini sezilarli darajada yoshartirishga harakat qilmoqda. Bu gal Gvardiola La Ligada porlayotgan futbolchilardan uch nafarini nishonga oldi.
Xoan Garsiya – “Espanol” sharafini ikkinchi dizivionda himoya qilayotgan yosh darvozabon ancha ishonchli oʻyinlari bilan Pepning nazariga tushdi. Gvardiola anchadan beri Edersonning oʻrnini bosishi mumkin boʻlgan golkiper qidirayotgan edi. 23 yoshli Garsiya ham superklub taklifini rad etmasligi aniq.
Aleks Baena – “Vilyarreal” eng mahoratli yarim himoyachisini ushlab qolishi juda qiyin. Ekspertlarning ta'kidlashicha, Baena Gvardiola qoʻllayotgan oʻyin uslubida ideal darajada mos tushadi. “Shaharliklar” yosh futbolchi uchun 60 million yevro sanashga tayyor.
Rodrigo Goes – “Real” hujumchisi Evropaning har qanday klubini kuchaytiradigan nomzod. “Siti” braziliyalik yulduzga anchadan beri koʻz tikib keladi. Rodrigo universal hujumchilar toifasiga kiradi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etadi. Manchesterliklar bu transferni 150 million yevroga hal qilmoqchi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar