16:42 / 22.02.2025
911

Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jang sanasi ma'lum boʻldi

Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jang sanasi ma'lum boʻldi

Yarim oʻrta vazn toifasidagi bokschimiz Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jang sanasi ma'lum qilindi.

Vakilimiz 12 aprel kuni Nyu-Jersida oʻtkaziladigan professional boks oqshomida ringga koʻtariladi. Oʻsha kuni unga meksikalik bokschi raqiblik qilishi kutilmoqda. Gʻiyosov bu haqda "Sport TV" telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Shundan soʻng, Atlantik Sitida tashkil etiladigan boks turnirining markaziy jangi yarimoʻrta vaznda WBA chempioni Eymantas Stanionis hamda IBF chempioni Jeyron Ennis oʻrtasida kechadi. Shahram boʻlajak jangida gʻalaba qozonsa, keyingi jangini aynan Ennis — Stanionis bahsi gʻolibiga qarshi oʻtkazadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport