01:31 / 23.02.2025
1 423

Isroil Madrimov WBC Interim kamari uchun jangda Verjil Ortisga mag‘lub bo‘ldi

Isroil Madrimov WBC Interim kamari uchun jangda Verjil Ortisga mag‘lub bo‘ldi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtayotgan professional boks oqshomi doirasida oʻzbekistonlik Isroil Madrimov ringga chiqdi.

Super yarim oʻrta vazn toifasida jang qiluvchi Isroil Madrimovga bu safar WBC Interim chempioni, amerikalik Verjil Ortis raqiblik qildi.

12 raundlik chempionlik jangi toʻliq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan (117-111, 115-113, 115-113) Virjil Ortis gʻalaba qozonib, oʻz kamarini saqlab qoldi.

Hozirga qadar 29 yoshli Isroil Madrimov 12 ta jang oʻtkazib, 10 ta gʻalaba, 1 ta magʻlubiyat va 1 ta durang qayd etgan edi. Endi uning hisobida 2 ta magʻlubiyat bor. 26 yoshli Verjil Ortis Junior gʻalabalari sonini 23 taga etkazdi. U soʻnggi jangida Madrimovning boʻlajak raqibi Bogachukni ochkolar hisobiga koʻra taslim etgandi.

Madrimov 21 dekabr kuni Ukraina vakili Sergey Bogachukka qarshi ringga chiqishi kerak edi. Biroq bokschi oʻtkir bronxit tufayli mazkur jangda ishtirok eta olmagandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport