
Taniqli promouter Eddi Xirn mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivol haqida gapirdi.
“Bivol dunyoning eng yaxshi bokschilaridan biri Saul Alvaresni magʻlub etganini yodda tutishimiz kerak. Men uchun bu Dmitriyni eng yaxshi deb atash uchun sababdir. Ochigʻi, birinchi oʻrin Usikka tegishli" - dedi Xirn matbuot anjumanida.
Eslatib oʻtamiz, Dmitriy Bivol revanshda Artur Beterbiyevni ochkolar boʻyicha (114-114, 116-112, 115-113) magʻlub etgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!