
Saudiya Arabistoni chempionatining bugungi uchrashuvida "Al-Oruba" o‘z maydonida "Al-Nasr" jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘yinda g‘alaba gollarini Umar as-Suma (40-daqiqada) va Yoxan Berg Gudmundsson (65-daqiqada) kiritdi. "Al-Nasr"ning yagona goliga 51-daqiqada Navaf Bushal mualliflik qildi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, "Al-Nasr" to‘pni 72% nazorat qildi va darvozaga 22 ta zarba yo‘lladi, biroq faqat bitta gol ura oldi. "Al-Oruba" esa 7 ta zarba bilan 2 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoalar o‘rtasidagi farq paslar sonida ham sezilarli bo‘ldi: "Al-Nasr" 605 ta aniq pas oshirdi, "Al-Oruba" esa bor-yo‘g‘i 250 ta.
Mazkur natija "Al-Oruba"ni turnir jadvalida 11-o‘ringa ko‘tarib qo‘ydi. "Al-Nasr" esa 23 ta o‘yindan keyin 47 ochko bilan 3-o‘rinda qolmoqda. Peshqadamlikni "Al-Ittihod" (56 ochko) va "Al-Hilal" (54 ochko) jamoalari egallab turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar