06:59 / 03.03.2025
1 281

"Katta Dubulg‘a" turniri. Dzyudochilarimiz rekordni yangilashdi

"Katta Dubulg‘a" turniri. Dzyudochilarimiz rekordni yangilashdi
Uch kun davomida poytaxtimiz mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnir o‘z yakuniga yetdi.

Murosasiz bellashuvlarda terma jamoamiz 12 ta medal - 1 ta oltin, 3 ta kumush, 8 ta bronza bilan umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi. Tarixda ilk bor O‘zbekiston terma jamoasi bitta "Katta Dubulg‘a" turnirida 12 ta medalga ega chiqdi.

Oltin medal:
Shaxzodxo‘ja Sharipov

Kumush medallar:
-66 kg: Zamaxshari Bekmurodov
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-81 kg: Arslonbek Tojiyev

Bronza medallar:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-60 kg: Anvarjon Ibrohimov
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-66 kg: Artyom Shturbabin
-73 kg: Shahram Ahadov
-90 kg: Nurbek Murtazoyev
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
+100 kg: Alisher Yusupov

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport