
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland o‘zining kumiri hisoblangan Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikrlar bildirib o‘tib, portugaliyalik yulduzni maqtadi.
"Men hozir faoliyatimning eng yaxshi damlarini o‘tkazyapman. Biroq, Ronaldu 40 yoshida ham mendan ko‘proq gol urdi. Bu normal holat emas, u shak-shubhasiz tarixdagi eng yaxshi futbolchi" – deya Krishtianuga ta’rif berib o‘tdi, norvegiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli hujumchi joriy mavsum “shaharliklar” safida 37 ta uchrashuvda ishtirok etib, 28 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U manchesterliklar safiga ko‘chib kelishidan avval “Borussiya Dortmund” va “Zalsburg” klublarida ham faoliyat yuritgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar