20:33 / 03.03.2025
929

Ronaldu Erondagi bahsli voqea tufayli "Istiqlol"ga qarshi o‘yinga bormadi

Ronaldu Erondagi bahsli voqea tufayli "Istiqlol"ga qarshi o‘yinga bormadi
Krishtianu Ronalduning Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi "Istiqlol" jamoasiga qarshi uchrashuvda ishtirok etmasligi futbol ishqibozlari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. "An-Nasr" klubi uchrashuv uchun qaydnomani e’lon qilganida, unda portugaliyalik yulduzning ismi ko‘rinmadi. Bu esa ko‘plab muxlislarda turli taxminlar va savollar paydo qildi.

"RMC Sport" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Ronalduning Eronga bormagani 2023 yilda sodir bo‘lgan voqea bilan bog‘liq. O‘shanda mashhur futbolchi oyoqlari bilan rasm chizadigan nogiron eronlik muxlisaga minnatdorchilik bildirib, uni quchoqlab o‘pgan edi. Lekin Eron qonunlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i bo‘lmagan ayolga nisbatan bunday munosabat nomaqbul hisoblanadi. Bunday holat zino deb baholanib, jazo sifatida qamoq yoki 99 qamchi urish hukmi chiqarilishi mumkin.

Ayni shu sabab Ronaldu xavfsizlik nuqtayi nazaridan Tehronga safar qilmagani taxmin qilinmoqda. Ushbu bahsli vaziyat uning nafaqat ushbu o‘yinda, balki Erondagi boshqa uchrashuvlarda ham ishtirok etishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu "Persepolis" klubiga qarshi o‘yinda ham qaydnomaga kiritilmagan edi. Bu esa uning Erondagi o‘yinlarda ishtirok etishi masalasini yanada murakkablashtiradi.

Futbol dunyosida bunday vaziyatlar kam uchraydi, ammo Ronalduning muxlislari uning xavfsizligi hamda kelajakdagi o‘yinlarda to‘liq ishtirok etishiga umid qilishmoqda. "An-Nasr" jamoasi esa ushbu holatga rasmiy munosabat bildirmagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport