
Futbol tarixidagi eng buyuk hujumchilardan biri sanalgan Krishtianu Ronaldu o‘z kumirlari haqida fikr bildirdi. "Al-Nassr" va Portugaliya terma jamoasi yulduzi bolaligida kimlarning o‘yinidan ilhom olganini aytib o‘tdi.
Ronalduning so‘zlariga ko‘ra, u futbolning ikki afsonaviy yulduzi – Ronaldo Nazario va Ronaldino o‘yinlarini tomosha qilib ulg‘aygan.

"Ronaldo va Ronaldino o‘z ortlaridan meros va tarix qoldirgan. Aytishim mumkinki, men ulardan ko‘ra ko‘proq shaxsiy unvonlarni qo‘lga kiritganman, lekin ular jahon chempioni bo‘lgan. Ularning o‘yinlarini ko‘rib ulg‘ayganman va ikkalasini ham kumirim deb aytgan bo‘lardim. Qaysi biri kuchliroq ekanligi muhim emas. Asosiysi, ular futbol tarixiga hissa qo‘shgan", – dedi Ronaldu.
Bugungi kunda 40 yoshga kirgan va 925 ta gol urgan Krishtianu Ronaldu o‘zining beqiyos faoliyati davomida ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritdi. Lekin u hamon o‘zi havas qilgan futbol yulduzlarini hurmat bilan eslaydi.
Braziliyalik Ronaldo va Ronaldino nafaqat texnik mahorati, balki jahon chempionligi bilan ham tarixda qolgan futbolchilar hisoblanadi. Ronaldo Nazario 1994 va 2002 yilgi jahon chempionatlarida qatnashib, ikkinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritgan. Ronaldino esa 2002 yildagi mundialda ajoyib o‘yinlari bilan Braziliyaga 5-jahon chempionligini olib kelgan.
Futbolda shaxsiy va jamoaviy yutuqlar o‘rtasidagi bunday taqqoslashlar har doim qizg‘in bahslarga sabab bo‘ladi. Lekin Krishtianu Ronaldu uchun asosiysi – bu futbol afsonalarining merosi va ularning o‘yinga qo‘shgan hissasi.
Muxlislar uchun bu juda qiziqarli nuqtayi nazar, chunki Ronalduning o‘zi ham kelajak avlod futbolchilari uchun kumirga aylangan. Uning yutuqlari va maydondagi buyuk faoliyati ko‘plab yosh futbolchilarga ilhom bag‘ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar