
Boks bo‘yicha Rossiya terma jamoasi a’zosi Misha Aloyan Rio-2016 Olimpiadasida qo‘lga kiritgan kumush medalidan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Fancy Bears xakerlik guruhi tomonidan Butunjahon antidoping agentligining (WADA) Olimpiadada doping aniqlangan sportchilar ro‘yxatiga ko‘ra, qora ro‘yxatda Aloyan ham bo‘lgan.
Misha 21 avgust kuni doping-test topshirgandi. Uning qon tarkibida taqiqlangan modda borligi aniqlangan. Bokschining murabbiyi Misha shamollab qolgani uchun bu preparatni qabul qilganini aytmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Misha Aloyan Rio Olimpiadasining final jangida hamyurtimiz Shahobiddin Zoirovga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar