O‘zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Uchrashuv kichik hisobda hamyurtlarimiz g‘alabasi bilan yakuniga etdi.
Samvel Babayan ushbu uchrashuvni uch tayanch yarim himoyachisi bilan boshlashga qaror qildi. Markazda yaqinda termaga taklif etilgan Vadim Afonin bilan birga Odil Ahmedov va Otabek Shukurovlar maydonga tushdilar.
Shunday bo‘lsada Iordaniya terma jamoasi xavfli vaziyatlar yaratishda ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ayniqsa 12-daqiqada tashkil etilgan hujum ancha xavfli chiqdi va dastlabki zarbani Aleksandr Lobanov amallab bartaraf etgan bo‘lsa, keyingi zarba darvoza ustuniga tegib qaytdi.
Uchrashuv taqdirini esa 45-daqiqada Igor Sergeev tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Endi Samvel Babayan shogirdlari 15 noyabrda JCh-2018 saralashida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadilar.
O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston - Iordaniya — 1:0
Gol: Sergeev (45)
O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Egor Krimes, Davron Hoshimov, Vadim Afonin, Odil Ahmedov, Otabek Shukurov, Server Jeparov, Eldor Shomurodov, Igor Sergeev.
Iordaniya: Alfitiani, Aldmayri, Zafaxreh, Hattob, Alravashdeh, Bahit, Hasan, Almurjon, Amara, Ravshdeh, Solih “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Isroillik ravvinning o‘limida O‘zbekiston fuqarolari gumonlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
Ilon Mask rekord darajada boyib bormoqda
Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi