
6-mart kuni Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida "Roma" va "Atletik" Bilbao jamoalari to‘qnash keladi. Rim klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri muhim uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi:
"Ularning hujum chizig‘ida tezkor va kuchli futbolchilar bor, shuningdek, Yevropada eng yaxshi driblingga ega jamoalardan biri. O‘yin juda qiyin bo‘ladi, lekin biz ham raqib uchun shunday sharoit yaratamiz. Bizning ustunligimiz – o‘z stadionimizda o‘ynash, lekin hushyor bo‘lishimiz kerak."
"Dibala yaxshi formada bo‘lsa, natijaga katta ta’sir qiladi. U maydonda boshqalar ko‘rmagan narsalarni ko‘radi va har bir harakatini his qiladi. Paulu o‘z hissasi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini tushunadi."
"Dovbik? Albatta, u 100% tayyor emas. "Atletik"ga qarshi o‘yindan oldin atigi bir marta mashg‘ulot o‘tkazdi. Ammo oldingi o‘yinda uning gol urib, qanday nishonlaganini ko‘rdim. Shu bois menda umid bor – hammasi joyida bo‘lsa kerak." “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar